Get Mystery Box with random crypto!

#Innovatorlar Alimoff Team: 'Biz jamoa bilan birgalikda Uolte | Sessiya UZ

#Innovatorlar
Alimoff Team:
"Biz jamoa bilan birgalikda Uolter Ayzeksonning xalqaro bestseller bo‘lgan “Innovatorlar: Bir guruh daholar, xakerlar va giklar qanday qilib raqamli inqilobni amalga oshirdilar“ nomli kitobini ilk bora o‘zbek tiliga o‘girdik.

Stiv Djobs haqidagi kitobidan keyin Uolter Ayzekson, kompyuterlar va Internetni yaratgan odamlar haqida shu biz tarjima qilgan ajoyib kitobni yozgan. Bu raqamli inqilobning turli bosqichlari va orzularga qanday erishish haqidagi hikoya. Kitob XIX asrning qirqinchi yillaridan boshlab, kompyuterda dasturlash tamoyillarini birinchi bo‘lib topgan Ada Lavleys bilan boshlanadi.

Buyuk raqamli inqilobchilar haqida so‘zlaydigan ushbu kitob, yoshlarimizga juda katta motivasiya bo‘lib, kasb tanlashda yo‘l chirog‘i bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.

Bu ishlarni xolis amalga oshirmoqdamiz. Hech qanday tijoriy maqsadimiz yo‘q"
- deydi Alimoff Team.

P.S: Bizni kuzatishda davom eting. Tez orada kitobni audio variantini joylashni rejalashtirganmiz...

@Uzmu_Sessiya