Get Mystery Box with random crypto!

#Mustaqillik_31_yoshda “Milliy kurash – milliy g‘urur ramzi' | "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI

#Mustaqillik_31_yoshda

“Milliy kurash – milliy g‘urur ramzi"

Partiyaning Surxondaryo viloyat Kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda Istiqlolimizning 31 yilligi munosabati bilan "Milliy kurash – milliy g‘urur ramzi" shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi.

Tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabida bo‘lib o‘tgan musobaqada yigirmaga yaqin mahallaning yosh polvonlari o‘zaro kuch sinashdilar. G‘oliblar tashkilotchilarning pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Partiya safiga kirgan 31 nafar yosh sportchilarga aʼzolik guvohnomasi ham topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube