Get Mystery Box with random crypto!

Gazetamizni tanqid qilishibdi. Tan olish kerak, 60 millionga | "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI

Gazetamizni tanqid qilishibdi.

Tan olish kerak, 60 millionga yaqin ish haqidan qarzdorlik bor, bu ish holati, bungacha ham boʻlgan, bundan keyin ham boʻladi, fojia emas. Bu masala hal etilayotgan edi, 1-2 kunda yechimi bo’ladi.

Gazeta chiqarish moliyaviy foydali biznes hisoblanmaydi. Partiya uchun muhim ekanligini hisobga olib gazetani bosqichma-bosqich toʻliq partiya tomonidan moliyalashtirilishi yoʻllarini izlayapmiz.

Tanqid uchun esa rahmat.

Ammo, bir fakt - yil davomida 10 ming nusxada muntazam va mazmunli chiqayotgan, uchdan bir qismi bepul tarqatilayotgan boshqa siyosiy partiya gazetasi bormi?

Partiya gazetani erkin va tashabbuskor ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilayapdi. Trailblazer ham partiyaning matbuot xodimlarini viloyatlarga safarlarida qiynalmasliklari uchun olingan va toʻgʻri boʻlgan ekan-ki, pul yetmasa garovga qoʻyib kredit ham olsa boʻlarkan.

Faqat masala shunchalar odatiy va kichik-ki, muhokama maydoniga chiqib qolganiga oʻylanib qolasan kishi.

P.S. “Milliy tiklanish”ga befarq emas ekansiz, bu juda yaxshi, endi uni obuna boʻlib qoʻllab-quvvatlang.

@alisherQodir