Get Mystery Box with random crypto!

TABRIKLAYMIZ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga | "MILLIY TIKLANISH" SIRDARYO RASMIY SAHIFA

TABRIKLAYMIZ

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi bayrami oldidan bir guruh Sirdaryoliklar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.

“Do'stlik” ordeni bilan taqdirlangan sovrindorlar qatorida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Yangiyer shahar Kengashi deputati Astafurova Nataliya Konstantinovnani borligi ham faxr, ham quvonarlidir.

Shu munosabat bilan, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat kengashi jamoasi nomidan Astafurova Nataliya Konstantinovnani munosib mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Mukofotlar bardavom bo'lsin!

O‘zMTDP Sirdaryo viloyati kengashi Axborot xizmati.
@UzMTDP_Sirdaryo