Get Mystery Box with random crypto!

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, fraksiya aʼzosi, yo | "Миллий тикланиш" Навоий канали

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, fraksiya aʼzosi, yozuvchi Xurshid DO‘STMUHAMMAD:

“Qonun – korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali qurol” mavzuida yozilgan insholarni o‘qigan kishi har jihatdan mamnun bo‘ladi. Avvalo, yosh yigit-qizlarimiz jamiyatimizni, kelajagimizni kemiruvchi, taraqqiyotdan ortga qaytaruvchi illatga nisbatan munosabatlari tiyrak va sog‘lom.

Insho mualliflari korrupsiyaning tarixi, zarari, ko‘lami, ko‘rinishlari va, albatta, uning oqibatlarini to‘g‘ri talqin qilishgan. Yanada muhimi, illatga qarshi kurash choralariga doir o‘z takliflarini o‘rtaga tashlashgan.

Insholarni baholashda mazkur ko‘rsatkichlardan, jumladan, mulohazalarning zalvori, ko‘lami, taʼsirchanligidan kelib chiqildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram