Get Mystery Box with random crypto!

O‘zgarish yoshlardan boshlanadi “Qonun – korrupsiyaga qarshi | "Миллий тикланиш" Навоий канали

O‘zgarish yoshlardan boshlanadi

“Qonun – korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali qurol”
mavzusidagi insholar tanlovi ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashida bo‘lib, partiya yetakchisi Alisher Qodirov bilan uchrashdi.

Partiya yetakchisi bugun mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, ularni vatanparvar, qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, shuningdek, partiyada yoshlarning rolini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida gapirdi.

– "Milliy tiklanish" partiyasi "Insonni o‘zgartirish orqali jamiyatni o‘zgartiramiz" shiorini bejiz tanlagani yo‘q. Avvalo o‘zimiz o‘zgarmas ekanmiz, jamiyatimizni o‘zgartira olmaymiz. O‘zgarish esa yoshlardan boshlandi, – dedi A.Qodirov.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram l Website l Facebook l Instagram