Get Mystery Box with random crypto!

#Milliy_Tiklanish_Namangan #konstitutsiya_referendum Yangi N | "Milliy tiklanish" DP Namangan

#Milliy_Tiklanish_Namangan
#konstitutsiya_referendum


Yangi Namangan: Yangi qurilish MFYda joylashgan tuman maktabgacha taʼlim boʻlimida viloyat kengashi deputati Zulayho Ataxanova Yangi qurilish MFY faollari bilan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining targʻibotiga bagʻishlangan tadbir tashkil etdi.

Tadbirda deputat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, yangi normalar, qonunlar va qonunosti hujjatlarning jamiyatimiz, shu jumladan, har bir insonga qay darajada muhimligi haqida atroflicha tushuntirib, joylarda kelgusida oʻtkazilajak referendum haqida huquqiy maʼlumotlar berdi.