Get Mystery Box with random crypto!

UZTELECOM GSM — BIZ 6 YOSHDAMIZ! Kompaniya bugun muhim kunn | Uzmobile

UZTELECOM GSM — BIZ 6 YOSHDAMIZ!

Kompaniya bugun muhim kunni — GSM standarti ishga tushirilganining 6 yilligini nishonlamoqda.

Ushbu qisqa vaqt ichida Kompaniya o‘z abonentlarining mehri va ishonchini qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu muhim sana munosabati bilan Kompaniya «UZTELECOM GSM 6 yil» bayramona aksiyasini taqdim etadi. Unga ko‘ra har bir abonent daqiqalar va SMS, megabayt yoki UNITlar bepul sovgʻa toʻplamlarini tanlash imkoniyatiga ega.

Toʻrt kun ichida, ya'ni 2021-yil 15-apreldan 18-aprelgacha Siz quyidagi sovgʻa toʻplamlaridan birini tanlab, faollashtirishingiz mumkin:

621 daqiqa + 621 SMS;
621 megabayt;
621 UNIT.

Toʻplamlar ulangan vaqtidan boshlab 7 kun davomida amal qiladi. Aksiya davomida abonent faqat 1 to‘plamni ulash imkoniyatiga ega.

Ulangan toʻplamning holatini tekshirish uchun 9999 qisqa raqamiga «1002» matni bilan SMS yuborish yoki *100*2# va *107# USSD buyruqlaridan birini terish kifoya.

«UZTELECOM GSM 6 yil» – tugʻilgan kun bizniki, sovgʻalar esa — sizniki!

UZTELECOM — Milliy operator.