Get Mystery Box with random crypto!

​​Yaponiyada yashovchi bir hamyurtimizning ancha avval chiqqan | Uzmobile MB

​​Yaponiyada yashovchi bir hamyurtimizning ancha avval chiqqan maqolasini Sizga ham ilindim:

«Bugun ertalab ishga ketayotgan edim. Metroda bir bolakayga ko’zim tushdi. Boshini kitobdan ko’tarmay ketdi, ancha joygacha. Havasingiz keladi.

Chidab turolmadim. Yonida joy bo’sh ekan. O’tirib savolga tutdim. Yapon xalqiga "sumimasen" (uzr) deb uzoqdan gap boshlamasangiz qo’rqib ketadi. Men ham uzr deb, savolga tutdim. Javob bergisi kelmay javob berdi. 
– Qanaqa kitob o’qiyapsan?
– Maktabdan bergan uyga vazifamni qilyapman.
– Nega uyda qilmading?
– Uyda ham qildim. Bu erda ham qilaman. Bilasizmi? Men ko’p kitob o’qishim kerak. 
– Nimaga?
– Otam bilan onam ajrashgan. Onam meni, juda ham qiynalib katta qilyabdi. Baitoda (soatbay ishlash) ishlab juda ham qiynalayabdi. Men hozir zo’r o’qisam kelajakda o’zimni kaishamni (kompaniya) ochib, onamlarni shachou (kompaniya boshlig’i) qilib tayinlayman. O’zimizni uyimiz bo’ladi… Meni “boqishdan qiynalaman, bola kerakmas” deb ajrashib ketgan otamga ham yordam qilaman, deydi…

Ko’zlarimga yosh keldi…
Noto’g’ri savol berib qo’yganimdan hijolat bo’lib, chalg’itmoqchi bo’lib, gapni bo’ldim.
– Satoukun, (ismi Satou ekan, -kun qo’shimchasi erkalab chaqirishda ishlatiladi) dars qilishni yaxshi ko’rasanmi? 
– Ha, juda ham. Onam aytganlar menga, dars qilsam, yaxshi odam bo’lsam, odamlarga yordam bersam davlatga ziyonim tegmasa «tengoku»ga tusharkanman.
– «Tengoku» nima?
– «Tengoku»ni bilmaysizmi? Men sizni kiyimlaringizni, qo’lingizdagi kitobni ko’rib aqlli odam deb o’ylagandim. Ie, ha siz gaikoujinsiz-ku (xorijlik) shunga tushunmadingiz, shekilli. «Tengoku» degani odam o’lgandan keyin boradigan joy. Yaxshi odamlar «Tengoku»ga tushadi. Yomon odamlar «Jigoku»ga. 

Bu gaplarini eshitib, Jannat va Do’zax haqida gapirayotganini fahmladim. Yana savolga tutdim:
– Satoukun, Jigokuga (do’zax)ga qanday odamlar tushadi?
– Davlatdan aldab pul undirganlar, masalan: o’qimay, ishlamay, “pulim yo’q, pul beringlar” deb faqat davlatdan pul undiradiganlar tushadi. Yomon odamlar tushadi. Dadamni ham tushadi deb aytishdi menga. Lekin, men xohlamayman. Bo’ldi, men keyingi bekatda tushaman. Bay bay. 
– O’qishlaringa omad.

Bahodir Iskandarov,
Shinjuku shahri, Yaponiya. 2019 yil 7 may».

Maqola tugadi.

Foto: Yaponiya metrosidagi Satoukun. (Bahodir Iskandarov olgan fotosurat).