Get Mystery Box with random crypto!

5G ancha tez va barqaror. 3G va 4G agar tarmoqda ko’p foydalan | uzmobile internet paketlar

5G ancha tez va barqaror. 3G va 4G agar tarmoqda ko’p foydalanuvchi bo’lsa, sust ishlashni boshlaydi va «yo’qlikka sho’ng’iydi»… 5G da bunday muammo yo’q. 5G bir kvadrat kilometr maydonda milliontagacha foydalanuvchini 100 mbit/s tezlikda «ko’tara oladi». Eng yuqori tezlik 250 mbit/s gacha bo’lishi taxmin qilinmoqda.

5G HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR

Hali 4G ko’p joylarga o’rnatilmagan bir paytda, Qualcomm kompaniyasi 2019 — yilda 5G texnologiyasini yo’lga qo’yishini ma’lum qildi. Qualcomm kompaniyasi Asus, Fujitsu, HMD Global, HTC, LG, Oppo, Sharp, Sony, vivo, Xiaomi va ZTE kabi smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni Snapdragon X50 modemi bilan ta’minlaydi. 5G haqida nimalarni bilamiz va qanday o’zgarishlar mavjud?

5G HAQIDA

5G ni nafaqat telefon balki har qanday texnikaga o’rnatish mumkin. Xoh bu televizor bo’lsin, xoh gaz plitasi, barchasi 5G yordamida internetga ulana oladi. Dunyoning narigi chekkasida turib, uydagi har qanday texnikani boshqarish mumkin. To’g’ri, bunday texnologiyalar hozir ham bor. Ammo qulay va talabga javob beradigan darajada emas va wifi ga «qaram». Ekspertlar sinov tariqasida ulkan ekskavatorni masofadan turib, 5G orqali muvaffaqiyatli boshqarishdi. Bu esa, xavfsiz ish sharoitini yaratadi. 5G so’zsiz kelajak texnologiyasi.

5G ancha tez va barqaror. 3G va 4G agar tarmoqda ko’p foydalanuvchi bo’lsa, sust ishlashni boshlaydi va «yo’qlikka sho’ng’iydi»… 5G da bunday muammo yo’q. 5G bir kvadrat kilometr maydonda milliontagacha foydalanuvchini 100 mbit/s tezlikda «ko’tara oladi». Eng yuqori tezlik 20 Gbit/s gacha bo’lishi tahmin qilinmoqda.

5Gga kelgusi 5 yil davomida bosqichma-bosqich o’tiladi va bu vaqt davomida foydalanuvchilar sonini 1 milliardga yetkazish rejalangan. 2025 — yilga borib, bu ko’rsatkich 2 milliarddan oshishi ko’zda tutilgan.

Hozirda Janubiy Koreyada davom etayotgan Olimpiya o’yinlarini, Intel 5G texnologiyasi yordamida translyatsiya qilmoqda (efirga uzatmoqda). 2020 — yilda Tokioda bo’ladigan Olimpiya o’yinlarida 5G ning yanada takomillashtirilgan variantidan foydalaniladi. 5G moslab chiqarilgan qurilmalar va programmalardan bahramand bo’lish mumkin.

5G sun’iy aql va virtual reallikdan to’liq foydalanish imkonini beradi.

MWC 2019 ko’rgazmasida, Qualcomm kompaniyasi, Snapdragon X50 modemini namoyish qildi. Qualcomm kompaniyasi va’da berishicha, modem bir necha gigabit tezlikda ishlaydi.