Get Mystery Box with random crypto!

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutid | Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

Davlat testlari natijalariga ko'ra oliy o'quv yurtiga o'qishga tavsiya etilgan abituriyentlar taqdim etishi kerak bo'lgan hujjatlar ro'yxati:

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (pasportning asli ham ko'rsatiladi);
3. Diplom yoki attestat ilovasi bilan birga asli;
4. Xorijiy tilni bilishini tasdiqlovchi sertifikat asli (agar bo'lsa);
5. 3.5x4.5 foto 12 dona;
6. Hujjatlar uchun yig'ma jild;
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyida turish uchun moliyaviy sharoiti og'irligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (agar bo'lsa);
9. Imtiyoz beruvchi hujjatning asli (agar bo'lsa).

Hujjatlar O‘zMMSI dekanatlarida qabul qilinadi.
Barchangizni O‘zMMSI talabasi nomiga sazovor bo‘lganingiz bilan muborakbod etamiz.

O‘zMMSI axborot xizmati:
Telegram | Website | Facebook | Instagram | YouTube