Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Farmoniga binoan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilli | Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI

Prezident Farmoniga binoan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va OAV xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutining fidoiy professor-oʻqituvchilarining ham borligi institutimiz jamoasini behad shod etdi.

"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan:
Matyakubov Ataxan — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti "Doston ijrochiligi" kafedrasi dotsenti.

"Do‘stlik" ordeni bilan:
Samadov Raxmatulla Sunatullayevich
— Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti "Maqom cholg‘u ijrochiligi" kafedrasi dotsenti.

O‘zMMSI jamoasi nomidan axborot xizmati barchani mustaqilligimizning 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi. Mukofotlangan ustozlarimizga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaydi. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

O‘zMMSI axborot xizmati:
Telegram | Website | Instagram