Get Mystery Box with random crypto!

Madaniyat va san’at sohasi xodimlaridan bir guruhi eʼtirof eti | Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI

Madaniyat va san’at sohasi xodimlaridan bir guruhi eʼtirof etildi

Prezident Farmoniga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va OAV xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.

"O'zbekiston Respublikasi xalq baxshisi" faxriy unvoni

Anvarov Ismoil Boyqulovich
– Surxondaryo viloyati Termiz shahar 22-sonli bolalar musiqa san'at va baxshichilik maktabi o'qituvchisi;

"O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi" faxriy unvoni

Mamajonov Tursunali
– Farg'ona tumani “Vodil chinori” xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari;

"El-yurt hurmati" ordeni

Radjabov Xasan Yunusovich
– Yunus Rajabiy uy-muzeyi direktori;

"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni

Matyakubov Ataxan
– Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti doston ijrochiligi kafedrasi dosenti;

"Mehnat shuhrati" ordeni

Abdullayev Rustam – O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi;

Niyozov Soyibjon Navruzovich – Toshkent viloyati namunali "Maqom" ansambli xonandasi;

Turayev Isok Latipovich – Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig'i;

Fayzullayev Saidbaxram – G'allaorol tumani madaniyat bo'limiga qarashli "Marjon" folklor- etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Jizzax viloyati;

Xatamova Yorqinoy G'aniyevna – Farg'ona viloyat musiqali drama teatri 1-toifali vokal artisti;

"Do'stlik" ordeni

Abdukunduzova Valentina Nikolayevna
–O'zbek Milliy akademik drama teatri grim ustaxonasi mudiri;

Abdullayeva Mexrijon Kabirovna – Namangan viloyati musiqali drama teatri aktyori;

Azamatova Karima Nabiyevna – Guliston shahar ko'zi ojizlar madaniyat markazining Brayl yozuvi bo'yicha to'garak rahbari, Sirdaryo viloyati;

Ansatbayev Najimatdin – O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali rejissyorlik va aktyorlik mahorati kafedrasi professori;

Beknazarov Turgun Saidovich – Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti;

Buxaidze Igor Shalvovich – O'zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri aktyori;

Kazakov Viktor Timofeyevich – R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o'qituvchisi;

Madraximova Ziyoda Ubaydullayevna – M.Turg'unboeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli badiiy rahbari;

Mullaxanov Azim Azizovich – "O'zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi

Prjanov Tursinbay Maripdjonovich – Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti

Samadov Raxmatulla Sunnatullayevich – Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti maqom cholg'u ijrochiligi kafedrasi dosenti;

Sotnikova Tatyana Nikolayevna – V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining maxsus fortepiano bo'limi o'qituvchisi;

Turaev Yunus Sharipovich – O'zbekiston davlat konservatoriyasining estrada xonandaligi kafedrasi professori;

Usmanov Yuldash – "Bulbuliguyo" folklor-etnografik xalq ansambli a'zosi, Surxondaryo viloyati;

Xakimjonov Xatam Xalimovich – O'zbek milliy maqom san'ati markazi huzuridagi Marg'ilon shahar musiqali maqom teatri artisti, badiiy so'z ustasi, Farg'ona viloyati;

Yusupova Venera Ismetovna – O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining qo'g'irchoq teatri san'ati kafedrasi dosenti.

II darajali "Sog'lom avlod uchun" ordeni

Axmedova Mamagul Fayziyevna
– Qarshi tumanidagi "Momogul" folklor-etnografik xalq ansambli a'zosi, Qashqadaryo viloyati;

Yeshimbetova Aydin Ibadullayevna – O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi katta o'qituvchisi;

Mamatkulov Abdulxamid – Guliston ixtisoslashtirilgan san'at maktabining xalq cholg'ulari kafedrasi oliy toifali o'qituvchisi, Sirdaryo viloyati;

Solomonova Svetlana Andreyevna – Olmaliq shahridagi 8-bolalar musiqa va san'at maktabi o'qituvchisi, Toshkent viloyati;

Xolmatova Mavludaxon Tursunovna – Andijon tumanidagi 7-musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'qituvchisi, Andijon viloyati.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube