Get Mystery Box with random crypto!

Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga | UZMIGRANTUZ | Расмий канал ✅

Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o'zbekistonlik mehnat migrantlari diqqatiga!

Hurmatli fuqarolar!

Agar sizning huquqingiz va qonuniy manfaatlaringiz buzilsa, ish beruvchi tomonidan hujjatlaringiz olib qo'yilsa, kompensatsiya to'lovlari, oylik ish haqi o'z vaqtida to'lanmasa, murakkab vaziyatda qolsangiz, huquqiy maslahatlar yoki boshqa masalalarda muammolar yuzaga kelsa, O'zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalariga murojaat qilishingiz so'raladi.

Vakolatxonalar tomonidan mehnatga oid nizolar, xususan, Rossiya Federatsiyasining migratsiya qonunchiligi, ro'yxatdan o'tish, bandlik masalalari bo'yicha maslahatlar berish, yurtdoshlarimizni ishga yo'naltirish, ish haqini to'lamaslik holatlarini hal qilishda ko'maklashish, majburiy mehnatdan jabrlangan fuqarolarga yordam ko'rsatish, o'z vakolatlari doirasida yuridik va huquqiy yordam xizmatlari ko'rsatiladi.

Shu munosabat bilan, xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega bo'lmagan tashkilotlar yoki shaxslarga ishonmaslikka, turli ko'rinishdagi shartnomalarni tuzmaslikka va to'lovlarni amalga oshirmaslikka chaqiramiz.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonalari:

Moskva shahri:
Manzil: Moskva shahri 1-Kazachiy tor ko'chasi, 11/2 (Metro Polyanka).
+7 (925) 045-47-44.

Sankt-Peterburg shahri:
Manzil: Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko'chasi, 4A-uy.
O'zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi binosi.
+7 (951) 680-95-97.

Yekaterinburg shahri:
Manzil: Yekaterinburg shahri, Karl Libknext ko'chasi 22 uy.
+7 (925) 950-89-77, +7 (922) 186-35-66.

Novosibirsk shahri:
Manzil: Novosibirsk shahri, Lomonosova ko'chasi, 55-uy.
+7 (953) 862-00-07.

Samara shahri:
Manzil: Samara shahri, Novo-Sadovaya ko'chasi, 3-uy.
+7 (917) 872-42-26.

Ufa shahri:
Manzil: Ufa shahri, Verxnetorgovaya maydoni ko'chasi, 4-uy, 516-ofis.
+7 (917) 469-20-88, +7 (347) 216-33-43.

Ishonch telefonlari: (71) 202-33-55, (71) 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

@UzMIGRANTUZ