Get Mystery Box with random crypto!

,,Bugun Isyon kuni,, Aziz opalar, aziz singillar, Bugun ,, | Uz_MediaBook 📚 | Sirojiddin Ismoili

,,Bugun Isyon kuni,,

Aziz opalar, aziz singillar, Bugun ,,Ayollarning Erkinlik va ozodlikka erishtirish, faolligini oshirish,, niqobi ostida, musulmonlarning o'z dinlariga qarshi borishi, etiqodini zaiflashtirish, qo'shimcha millionlab ishchi kuchiga ega bo'lish, ochiq va buzuq g'arb madaniyatini keng ommaga yoyib dinimizga nisbatan etiborimizni kamaytirishni maqsad qilgan Rus Komunistlarning bu chirkin niyati amalga oshgan kun.

Ya'ni 1927-yil 8-mart kuni komunistlarning da'vati, majburlovi va aldov ishontiruvlari bilan o'rta Osiyo mamlakatlari ayollari ommaviy ravishta paranjilarini yechishgan, toptashgan va yoqishgan. Va shu kunni o'sha davrdagi hukumat ,,Ayollar ozodligi, va erkinligi kuni,, deb belgilashgan va har yili shu kunni bayram qilib nishonlashgan. Bizning xalq va sobiq Rus mustamlakasi mamlakatlari to hozirgacha bu kunni bayram qilib nishonlashadi.

Agar shu kunni rostan bayram deb bilsangiz sizlarga va sizdek o'ylaydiganlarga juda ham achinaman. Shu kun bilan tabriklayotganlarni va shu kunni bayram deb hisoblab tabrik kutadigan singgillarimiz va opalarimizni, Alloh o'zi kechirsin.
Ishoning bu kun bayram qilib nishonlanadigan kun emas. Bu kun dinimizga qarshi qilingan eng katta ,,psihologk hujum,, kuni. Bu kun Alloh ,,Ayollarga yuzini tanasini yopishni buyurgan,, paranjilar yoqilgan kun, bu kun kaltabinlik bilan, yoki to'laligicha anglamay, dinimizga qarshi qilingan isyon kuni.

Agar bu yozganlarimga ishonmasangiz bugungi bayram tarixini internetdan qidirib, o'qib ko'ring. Barini tushunasiz.

Bu postni o'qib ,,Onamiz, singil-opalarimizni ulug'lash, ularni hursand qilish, sovg'alar berish, tabriklash mumkin emas,, degan notogri mano tushunmanglar, Dinimiz va dinimizning asosi bo'lgan kitobimizda ayollar har doim hurmat va e'zozda bo'lishligi, ularga eng yaxshi munosabatda bo'lishligimiz kerakligi, haqida juda ko'p bora takidlangan, shunday ekan,
Onangiz, opangiz va singlinggizni tabriklash uchun qandaydir bayramni kutish shart emas 8-martdan tashqari har qanday kunda imkon topilganda, ularni biror sovg'a, va chiroyli samimiy tabrik so'z bilan tabriklasangiz bo'ladi. Alloh yuqorida yozilganlarni to'g'ri tushungan va tafakkur qilganlarga ikki dunyo saodatini bersin Insha Alloh.

T.me/uzmediabook | to nafas olarkanmiz dinimiz va millatimiz uchun yashaymiz. Insha Alloh