Get Mystery Box with random crypto!

#Olimpiada #Matematika XUSHXABAR Olti nafar O’zbekist | UzMathCommunity

#Olimpiada
#Matematika

XUSHXABAR

Olti nafar O’zbekistonlik ishtirok etgan Bolqon Matematika Olimpiadasida 4 ta bronza medali qo'lga kiritildi.

Joriy yilning 8-13 may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekistonlik ishtirokchilar tomonidan 4 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.

Ushbu g'olib o‘quvchilar bilan tanishing:
Raxmatov Anvarbek -Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;

Mazkur g‘alaba bilan o‘quvchilarimizni, ularning ustozlarini hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz!!!

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep