Get Mystery Box with random crypto!

Hayotda kulib yashang toki sizning kulgu muskullaringiz hamon | he's Ali

Hayotda kulib yashang toki sizning kulgu muskullaringiz hamon vazifasini bajarayotgan boʻlsa.

Imkon qadar kulgu orqali barcha hislarini boshqara oluvchilarni chinakam kuchli insonlar deb bilaman negaki ular birgina kulgu orqali barchasini ifodalay olishadi. Hayotda doim bu holatga e’tiborliroq boqaman chunki bilaman bu hayotda siqilgandan, koʻz yosh toʻkkandan zarracha foyda yoʻq.

Hamon koʻzlaringiz sizni sotib qoʻyayaptimi unda kuling faqat va faqat kuling shunda sizni qanday holatda ekanligingizni farqlay olishmaydi holbuki xafa holatingizda bir bora kulib koʻzguga boqing shunda hammasini tushunib yetasiz.

Komu kak mne tak poydet pust nas lyubyat …

Bugun koʻpchilik birdek istagan oliygohni bitirdim oxirgi malakaviy bitiruv ishim oʻz nihoyasiga yetdi va himoya qildim.
-bilasizmi meni hayratga solgan yana shu nohaqlik oʻz nomi bilan bitiruv malakaviy ishi himoyasi deb nomlanuvchi spektakl har doimkidek hop hop xuddi shunday frazalari bilan boʻlishi kerakligini chindan tushunib yetdim. 4 yil hop boʻladi albatta soʻzlari bilan shu pogʻonagacha keldim va bundan keyin ham ishingiz bitishi uchun shu soʻzlarni doʻstingiz qilib olishingiz kerak ekanligini maslaxat beraman.
Ha menga bu yoqmaydi va men qarshiman lekin bugun pand yedim eng qiziqarlisi mendan 20 yosh katta ustozlarim yana bir bor “hop boʻladi” degin tiling uzilib tushmaydi ishing bitguncha deya tanbeh berishgani alam qildi manimcha bu ahvolda uzoqqa borolmaymiz ishonavering siz orzu qilgan Amerikada ham “yes, of course” iborasi sizni ajoyib inson ekanligingizni koʻrsatadi!

@uzmarketerblog - davomi bor bu mavzuni…