Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi respublika bo‘ylab yos | Hayot davomida o‘qish

Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi respublika bo‘ylab yosh iqtidor egalarini bellashuvga chorlaydi!

Joriy yilning 24-25-fevral kunlari 3-11-sinf o‘quvchilari uchun olimpiadaning birinchi bosqichi onlayn o‘tkaziladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar kesimida umumta'lim muassasalari - maktablar, akademik litsey va ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilariga o‘z matematik bilimlarini namoyish etish imkoniyati taqdim etiladi.

Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Jami 450 mln so‘mlik mukofot jamg‘armasiga ega olimpiadaning g‘olib ishtirokchilarini esa oltin, kumush, bronza medallari, pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari, eng muhimi xalqaro universitetda o‘qish uchun 100% lik grantlar kutmoqda!

Olimpiadada ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting
@tasimo_bot
@tasimo1_bot
@tasimo2_bot
@tasimo3_bot

Batafsil ma'lumot olish uchun: +998555084400

@tashkent_imo