Get Mystery Box with random crypto!

Sertifikat olgan direktorlar 3 yil davomida malaka oshirish ku | Hayot davomida o‘qish

Sertifikat olgan direktorlar 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi

Bu "Davlat umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda belgilandi.

Nizomga muvofiq, maktablarda faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5 yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi va sertifikat olgan direktorlar 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi.

Nomzodlar maxsus portal orqali elektron ro‘yxatdan o‘tadi hamda o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshiradi. Arizalar har oyning 5-sanasigacha (iyul-avgust oylari bundan mustasno) qabul qilinadi.

O‘quv kurslari 20−30 nafar tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi. O‘quv kurslarining davomiyligi 144 soatni tashkil etib, 1 oy davomida o‘qitiladi.

Nomzodlarning ixtiyoriy tanlovi asosida o‘quv kurslari ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan (masofaviy, onlayn) holda tashkil etilishi mumkin.

O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar sertifikat berish bo‘yicha yakuniy sinovlarga qo‘yiladi.

Direktorlarning o‘qish davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va amaldagi o‘rtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinadi.

Mazkur tartib quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;

jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari;

sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari;

ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;

alohida sharoitlarda taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram