Get Mystery Box with random crypto!

Aziz hamkasblar! O‘zbekistonda 9-may – Xotira va qadrlash ku | UzLITI Engineering

Aziz hamkasblar!

O‘zbekistonda 9-may – Xotira va qadrlash kuni – chuqur qayg‘u, ehtirom, iftixor va cheksiz minnatdorlik bayrami sifatida nishonlanadi.

“Tinchlik haqqi uyg’oq xotira” loyihasi doirasida “Enter Engineering” kompaniyalar guruhida yaqinlari urush va mehnat fronti faxriylari bo‘lgan xodimlar, muhtojlarga boshpana bergan oila a’zolarining hikoyalarini nashr etishi yaxshi an‘anaga aylangan. Keling, ular haqida baralla gapiraylik. Chunki bu buyuk ishlarni unutmaslik kerak.

Kompaniyalar guruhining istalgan xodimi skanerdan chiqarilgan surat va faxriyning qisqacha tarjimai holi yozilgan matnni pr.ee@ent-en.com elektron pochta manziliga yoki +99890 979 44 64 (@EE_PR) telegram raqamiga 2023 yil 5-mayga qadar yuborishi mumkin.

Ta‘rifi bitilgan surat “Tinchlik haqqi uyg’oq xotira” sahifasiga joylashtiriladi. (http://bp.ent-en.com)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn