Get Mystery Box with random crypto!

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar | O'zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo’limi hamda O’zLiDeP Chilonzor tuman Kengashi yoshlar masalalari bo’yicha rais o’rinbosari Bahodir Ziyoviddinov tashabbusi bilan tumanning umumta'lim maktablari bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ochiq eshiklar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida yoshlar talabalar uchun mavjud imkoniyatlar, shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ta’lim muassasa o’qituvchilari bitiruvchi o`quvchilar bilan suhbatlashib, malakali kadr bo‘lib yetishishlarida ular tanlagan oliy o’quv yurti muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Zamonaviy yondashuv asosida innovatsion shaklda tashkil etilgan tadbir maktab o'quvchilariga olam-olam ta'ssurot qoldirdi.