Get Mystery Box with random crypto!

Lesson six/oltinchi dars. . Mavzu: Kishilik olmoshlari. Kishi | 🇬🇧 English from beginning 🇬🇧

Lesson six/oltinchi dars.
. Mavzu: Kishilik olmoshlari.
Kishilik olmoshlari( personal pronouns).

Kishilik olmoshlari uch shaxsdan biriga ::1-shaxs-I so'zlovchini, 2-shaxs-You- sen, siz,sizlar-tinglovchini, 3-shaxs-he/she/it/they-U, ular - bo'layotgan jarayonda ishtirok etmayotgan boshqa shaxs , narsa, voqea, hodisalarga ishora qiladi.
Kishilik olmoshlari birinchi gapda aytib o'tilgan yoki tinglovchiga ma'lum bo'lgan shaxs yoki predmetni qayta nomlash yoki unga ishora qilish uchun qo'llaniladi.
Masalan :
Alex is handsome boy.
He is a student .
Ko'ryapsizki birinchi gapda tanishtirilgan Alexni o'g'il bola bo'lganligi va birinchi gapda u haqida gap ketganligi uchun ikkinchi gapda yana Alex deb ismini aytmasdan uning o'rniga 3-shaxs birlikdagi He olmoshidan foydalanildi.

Kishilik olmoshlari ikkiga bo'linadi.
Singular(Birlik)
Plural(Ko'plik).


. Birlikda.
1-shaxs- I-men
2-shaxs-You-sen, siz
3-shaxs- He/she/it-u.


. Ko'plik.
1-shaxs-We-biz
2-shaxs-You-sizlar
3-shaxs-They-ular.

Bu yerga e'tibor bering
O'zbek tilida shaxs yoki predmetni ko'rsatishda farqlanmaydigan 3-shaxs U - ingliz tilida ko'rsatilayotgan shaxsning ayol yoki erkakligi hamda jismning shaxs yoki buyumni yoki hayvonlarni ko'rsatishiga ko'ra farqlanadi.


. He-u - erkak kishi yoki o'g'il bolani ko'rsatish uchun
. She-u- ayol kishi yoki qiz bolani ko'rsatish uchun
. It- u- jonsiz narsani va hayvonlarni ko'rsatish uchun qo'llanadi.


Shuni yodda tuting 3-shaxs birlikning ya'ni he, she, it ning ko'plik shakli 3-shaxs ko'plik they orqali ifodalanadi. Misol uchun-
There are girls. They are very beatiful.


Thank you for your attention

Mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumot va qiziqarli testlar uchun https://hasanboy.uz/5-dars-personal-pronouns/

@uzlearners