Get Mystery Box with random crypto!

Lekin hamma otlarning ham ko'pligini yasash bir xil emas oxirg | 🇬🇧 English from beginning 🇬🇧

Lekin hamma otlarning ham ko'pligini yasash bir xil emas oxirgi harfi -s, -ss,-sh, -ch, o, -x harflari bilan tugagan otlarmizga -es, qo'shimchasini qo'shib yasaymiz.

Masalan:
Tomatoes - pamidorlar
Glasses - stakanlar
Boxes- - qutilar
Matches - gugurtlar.

Oxiri y bilan tugaydigan otlarga biroz extiyot bo'lamiz.
agar -y harfidan oldingi harf undosh bo'lsa ..-y, harfi -i ga o'zgarib -es qo'shimchasi qo'shiladi.
Masalan: baby+ es=babies
Demak -y harfi ko'rib turganingizdek -i ga o'zgarib -es qo'shimchasi qo'shiladi. Lekin -y harfidan oldingi harf unli bo'lsa bunday holatda otga hechqanday o'zgsrishsiz -s, qo'shiladi.
Masalan:
Boy+s=boys chunki bu yerda -y dan oldin -o, ya'ni unli harf keldi.
F , fe harfi bn tugagan otlarga -es, qo'shimchasi qo'shiladi va -f va fe harfi v ga aylanad.

Leaf-leaves
Knife-knives
Wife-wives
Lekin quidagilarga - s qo'shimchasi qo'shiladi

Chief-chiefs-boshliq
Roof-roofs-tomlar
Safe-safes-seyf
Handkerchief-handkerchiefs-ro'molcha
Wharf- wharfs-bandargoh.

Biz ingliz tilida ko'plik yasalishining asosiy 3 usulini ko'rib chiqdik. Lekin ba'zi so'zlarimiz bor ekanki ular bu 3ta qoidaga tushmas ekan. Ya'ni ularni irregular plurals - Qoidaga bo'sunmas ko'pliklar der eanmiz. Ularning ko'plikda o'z shakli bor biz faqat shu shaklidan foydalanishimiz kerak.
Ular quidagilar:

Man - men
Goose - geese
Tooth - teeth
Mouse - mice
Child - children
Woman - women
Foot - feet
Ox - oxen
person - people
sheep - sheep
fish - fish

Ko'plik yasayotganingizda endi qiynalmaysiz.
Berilgan topshiriqni bajaring quidagilardan ko'plik yasang.

Schoolboy-
Foot-
Key-
Dish-
Glass-
Housewife-
Goose-
Handkerchief-
Penny-
Factory-

Thank you for your attention.

Mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumot va qiziqarli testlar uchun https://hasanboy.uz/4-dars-plurals/


@uzlearners