Get Mystery Box with random crypto!

IELTS | DUOLINGO | TOEFL Bilamizki, Amerika universitetlari | 𝕌𝕫𝕝𝕒𝕕𝕚𝕖𝕤 𝕊𝕔𝕙𝕠𝕠𝕝 🪐📚

IELTS | DUOLINGO | TOEFL

Bilamizki, Amerika universitetlarining talablari orasida “Til bilish qobiliyatini ya’ni- language proficiency skill” ko’rsatish kerak. Bugun sizlar bilan bu mavzu haqida to’liqroq gaplashamiz. Avvaliga, bir savolni aniqlashtirib olsak:”Nega universitetlar til bilish qobilyatingizni bilishni hohlashadi?”
Bunga asosiy sabablardan bittasi, sizda u yerda Ingliz tilida (boshqa davlat bo’lsa, o’sha yerning ona tilida) dars o’tiladi. Agar tilni bilmasangiz, mantiqan, siz u yerda o’qiy olmaysiz.

Xozirda talabalar uchun Ingliz tili qobiliyatini ko’rsatadigan turli xil testlar bor:

1. IELTS

IELTS testi O’zbekistondagi eng ommabop test turi xisoblanadi. IELTS topshirishning ham o’ziga yarasha yaxshi va yomon taraflari bor. Agar siz IELTS topshirmoqchi bo’lsangiz, xafvsiz zona(ya’ni deyarli xamma universitetlar qabul qiladigan ball)da bo’lish uchun 7.0 ball olishingiz tavsiya yetiladi.

Yaxshi taraflari:
- Ommabop struktura
- Resurslar yetarliligi

Yomon taraflari:
- Narxi boshqa testlarga nisbatan qimmatroq
- Tayyorlanishga uzoq vaqt ketishi

2. TOEFL

TOEFL testi Amerika testi bo’lib, IELTS bilan deyarli bir xil strukturaga ega. O’zbekistonda bu testni topshirish imkoniyati cheklanganligi tufayli, bu testni O’zbekistonda faqat 3 ta joyda topshirish imkoniyati mavjud. Batafsil ma’lumotni bu link orqali ko’rishingiz mumkin.

Yaxshi taraflari:
- Amerika davlatining barcha universitetlari qabul qiladi.

Yomon taraflari:
- Narxi boshqa testlarga nisbatan qimmatroq
- Strukturaning ommabop emasligi
- Resurslar kamligi

3. Duolingo

Soʻnggi vaqtlarda ommalashib borayotgan Duolingo testi bugungi kunda dunyoning 3000 dan ortiq nufuzli universitetlari bilan bir qatorda Oʻzbekistondagi bir qancha universitetlar tomonidan ham til sertifikatlari (IELTS va boshqa sertifikatlar) oʻrnida muqobil sifatida qabul qilinmoqda. Duolingo haqida ko'proq GrantGo saytining bu qismida tanishishingiz mumkin.

Yaxshi taraflari:
- Narxi arzonligi (49$)
- Tezkor natija (uzogi 3 kun)
- Uyda o’tirib olish imkoniyati
- Deyarli hamma universitetlar qabul qilishi

Yomon taraflari:
- Resurslar kamligi
- Strukturaning ommabop emasligi

4. SAT: English 600+

Ko’pchiligimizni oramizda tanish bo’lgan, Amerika universitetlariga kirishda asosiy rol o’ynaydigan SAT testining Ingliz qismidan 600/800 ball olish, sizga til bilish qobiliyatini ko’rsatuvchi testlarni topshirmasdan turib universitetga qabul o’qiy olishingizni ko’rsata oladi. Bundan keyin, sizga na IELTS, na TOEFL, na Duolingo kerak bo’ladi. Ammo, bu qarorga kelishdan oldin universitetlar saytini tekshirishni maslahat beramiz.

Yaxshi taraflari:
- ikki quyonni bir o’q bilan urish imkoniyati ( IELTS/Duolingo/TOEFL SAT EBRW 600+)

Yomon taraflari:
- nisbatan olganda qiyinroq

Xulosa shuki, sizga IELTS testidan 7.0 olish, Duolingo testidan 130 olish, yoki TOEFL testidan 100 bal olishning hammasi sizning umumiy ingliz tili darajangizga bog’liq. Shunday ekan, umumiy ingliz tili darajangizni oshirishga e'tibor bering. Buning uchun ko'proq Ingliz tilida jurnal, kitob va kinolar ko'rishni maslahat beraman.