Get Mystery Box with random crypto!

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA JO‘NAB KETISH UCHUN POLSHA CHEGARAS | Оперативный штаб при Посольстве Республики Узбекистан в г.Москве



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA JO‘NAB KETISH UCHUN POLSHA CHEGARASINI KESIB O‘TISH TARTIBI


1) Lvovga kelgan fuqarolarimizni diaspora vakili Saliyev Ma’ruf (+380 96 102 10 95) bilan bog‘lanib, ro‘yxatni shakllantirish uchun unga o‘z maʼlumotlaringizni taqdim etishingizni so‘raymiz.

2) Eʼtibor bering, Chegarani kesib o‘tish faqat O‘zbekistonning Ukrainadagi va Polshadagi elchixonalari vakillari hamrohligida markazlashgan holda avtobuslarda amalga oshirilishi mumkinligiga e’tibor berishingizni so’raymiz. Boshqa barcha holatlarda Siz chegarani o’tishda muammolarga duch kelasiz.

3) Shuningdek, evakuatsiya ro‘yxatini tuzishda ustuvorlik birinchi o‘rinda ayollar, bolalar, talabalar va qariyalarga qaratilishini eʼtiborga olishingizni so’raymiz.

Sizni ishontirib aytmoqchimizki, biz barcha fuqarolarimizni xavfsiz evakuatsiya qilish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.