Get Mystery Box with random crypto!

​​ Xalqaro parlament stipendiyasi (IPS) Germaniya Bundestagi | O'zJOKU iqtidorli talabalari

​​ Xalqaro parlament stipendiyasi (IPS) Germaniya Bundestagi Prezidenti homiyligida tashkil qilingan. Dastur o‘z malakasi, shaxsiy fazilatlari va qarashlariga ko‘ra o‘z mamlakatida boshqaruv va/yoki multiplikativ funktsiyaga ega bo‘lgan oliygohlarning yosh bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan. Germaniya Bundestagi bu yoshlarga nemis parlament tizimi bilan nazariy va amaliy jihatdan tanishish imkoniyatini beradi. IPS Germaniya va ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uzoq muddatli siyosiy sarmoyadir.

Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:
- O‘zbekiston fuqaroligi;
- tamomlangan oliy ta’lim;
- nemis tilini juda yaxshi bilish (minimal B2);
- siyosat va jamiyat sohasida, shuningdek, Germaniya tarixida aloqalarni o'rnatishga yuqori qiziqish;
- fuqarolik faolligi;
- yosh chegarasi: grant olish vaqtida 30 yoshgacha. (Ishtirokchining tug'ilgan sana 1993 yil 1 martdan keyin bo'lishi shart).

Arizalar 2022-yil 31-iyulgacha Toshkentdagi Germaniya elchixonasiga topshirilishi shart. Barcha hujjatlar elektron formatda quyidagi manzilga yuborilishi kerak: botschaftswettbewerb@gmail.com. Hujjatning sarlavhasida arizachining ismi va familiyasi ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Agar ishtirokchilar hujjatlarni siqish dasturi yordamida kichraytirilgan hajmda jo‘natmoqchi bo‘lsalar, faqat “.zip” kengaytmali arxiv faylini yaratuvchi dasturdan foydalanish kerak (masalan, Muster-Max.zip).

Qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi manzildan olishingiz mumkin: https://www.bundestag.de/ips

Fayllarni yuklab olish

Facebook | Instagram
Telegram | www.uzjoku.uz