Get Mystery Box with random crypto!

Amerikalik olimlar oy tuprog'ida o'simlik yetishtirishdi Am | O'zimizniki

Amerikalik olimlar oy tuprog'ida o'simlik yetishtirishdi

Amerikalik olimlar “Apollon” dasturi doirasida yerga yetkazilgan oy tuprog‘ida o‘simliklar yetishtirdi. Birinchi marotaba boshqa samoviy jism tuprogʻidan oʻsimlik oʻstirishga erishildi.

Florida universiteti tadqiqotchilari 1969-1972 yillar oralig'ida Apollon 11, 12 va 17 missiyalari vaqtida to'plangan 12 ta oy tuproq namunalaridan foydalangan.

Olimlar ixtiyorida 12 gramm oy tuprog'i bor edi. Ular yerda keng tarqalgan Talya rezuxovidka o'simligini ekish va unib chiqishga muvaffaq bo'lishdi.

Unib chiqqan o'simliklar o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ularning oʻlchami kichikroq boʻlgan, shuningdek oʻsimliklar sekinroq o'sgan.

- - - - - -
uzimizniki.agrozamin.uz - tomorqa egalari uchun foydali platforma
- - - - - -
Qulay mobil ilovani yuklab oling:
Play Market
Apple Store