Get Mystery Box with random crypto!

#Yangilik Mobil qurilmaning bir slotiga tegishli IMEI-kodi 20 | UzIMEI

#Yangilik

Mobil qurilmaning bir slotiga tegishli IMEI-kodi 2019 yil 1 noyabrigacha avtomatik ro‘yxatdan o‘tgan va bazaga kiritilgan bo‘lsa, uning boshqa slotidagi IMEI-kodi qurilma egasi tomonidan quyidagi harakatlar bajarilganidan so‘ng tizim operatori tomonidan 3 ish soati mobaynida bepul amalga oshiriladi:

mobil qurilma egasining tizim operatori yoki tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsan murojaat qilishi;
IMEI kodining ushbu mobil qurilmaga haqiqiy ekanligini tasdiqlash (mobil qurilma klaviaturasida *#06# kodini yozib olingan IMEI kodining ekran tasvirini taqdim etish);
Nizomga muvofiq anketa taqdim etish.

Agar 2019 yil 1 noyabridan keyin arizaga asosan ro‘yxatga olingan bo‘lsa, jarayon 3 soat ish vaqtida to‘lov asosida amalga oshiriladi.



Call-centre: 1170
E-mail: info@uzimei.uz
Website: https://uzimei.uz
facebook:
Instagram: @uzimeiofficial
YouTube: UZIMEI UZ