Get Mystery Box with random crypto!

Ular hozir qayerda? Arsen Venger kashf etgan yosh 'yigitcha'la | Futbolchilar

Ular hozir qayerda? Arsen Venger kashf etgan yosh "yigitcha"larning taqdiri nima kechdi?

Arsen Vengerning "Arsenal"dagi 22 yillik faoliyati davomida klub akademiyasi ko‘plab iste’dodlarni yetishtirdi. Ular ichida dunyo tanigan Fabregas, Uilsher va Belyerin kabi nomlar bor edi. Venger o‘z faoliyatining so‘nggi davrlarida asosiy jamoaga bir qancha futbolchilarni jalb etdi. Ularning keyingi taqdiri esa turlicha kechdi. Quyida biz nazarda tutganimiz, yosh talantlarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Jo Uillok
"To‘pchilar"ning katta jamoasi safida debyut qilish sharafiga sazovar bo‘lgan futbolchilar ichida Jo Uillok ham bor. U 2017 yilning sentyabr oyida, Angliya liga kubogi musobaqasining dastlabki raundida, "Donkaster"ga qarshi bahs ishtirokchisiga aylanadi. Shundan so‘ng, uning ishlari yurishib ketdi. Ammo Mikel Artetaning jamoasida unga o‘rin topilmadi. Shu sabab "Arsenal" uni 2021 yilning yanvar oyida "Nyukasl"ga ijaraga beradi. Uillok yangi klubda gollar ura boshla-