Get Mystery Box with random crypto!

Gvardiola «Arsenal»ni o‘ziga raqib biladimi? | Futbolchilar

Gvardiola «Arsenal»ni o‘ziga raqib biladimi?

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Arsenal» bilan APLdagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.
«Biz bu mavsumni ajoyib o‘tkazmoqdamiz, raqiblar buni yanada yaxshi qilishmoqda. Biz ularga imkon qadar yaqin bo‘lishni xohlaymiz, ammo mavsum juda uzoq.
Ko‘p narsa bo‘lishi mumkin, bizni juda qiyin o‘yinlar kutmoqda. Keling, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz.
«Arsenal» bizga raqibmi? O‘tgan mavsum bilan solishtirganda buni aniq aytish mumkin. Ular biz bilan raqobatlashadi. O‘tgan mavsumda ularni chempionlikka da’vogar deb atash mumkin emasdi, ammo hozir hammasi boshqacha», deydi Pep.
-