Get Mystery Box with random crypto!

Karrager: 'Ronaldu hozir MLSga o‘tishdan manfaatdor emas' | Futbolchilar

Karrager: "Ronaldu hozir MLSga o‘tishdan manfaatdor emas"

Jeymi Karrager Krishtianu Ronalduning faoliyati haqida gapirdi. "Liverpul" sobiq himoyachisining fikricha, portugaliyalik qishda Premyer-ligani MLSga o‘zgartirmasligi kerak.
«Menimcha, Ten Xag o‘zi va Ronaldu o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyatdan chiqishning mukammal yo‘lini topdi. Murabbiy o‘z ta’sirini ko‘rsatib, avvaliga qoidabuzar futbolchini tarkibdan chetlatib, keyin uni yana tarkibga qaytardi.
Ronaldu qishda shunchaki klubni tark etadi deb o‘ylamayman. Ha, u yozda ketmoqchi edi, lekin hozir u MLSga o‘tishdan aniq manfaatdor emas», - deydi Karrager.
-