Get Mystery Box with random crypto!

Vaskes hakam ishidan norozi bo‘ldi Madridnin | Futbolchilar

Vaskes hakam ishidan norozi bo‘ldi

Madridning “Real” klubi himoyachisi Lukas Vaskes “Rayo Valyekano”ga qarshi (2:3) uchrashuvdagi hakam ishidan norozi.
Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida bosh hakam Xuan Martines darvozabonning chiziqdan erta chiqib ketganini ko‘rib, "Real" darvozaboni Tibo Kurtuaning seyvidan keyin "Rayo"ga penalti tepish imkoniyatini berdi.
«Bu Kurtua haqidami yoki maydoncha ichiga yugurib kelgan kimdir haqidami, bilmayman. Lekin shunga o‘xshash narsa har bir o‘yinda sodir bo‘ladi. Va bu holda yondashuv hamma uchun bir xil darajada qat’iy bo‘lishi kerak.
Uchrashuv qiyin kechdi. Raqib hisobni erta ochdi, biz o‘yinni o‘zgartira oldik, ammo bizda bor-yo‘g‘i besh daqiqa ustunlik bo‘ldi. Penaltidan keyin hisobni tenglashtirish biz uchun qiyin bo‘ldi.
Bizga o‘z futbolimizni o‘ynash qiyin edi. "Rayo" qiyin raqib, u juda yaxshi o‘ynadi", - deydi Vaskes.
-