Get Mystery Box with random crypto!

'Arsenal' qishki ta’tilni qanday o‘tkazadi? | Futbolchilar

"Arsenal" qishki ta’tilni qanday o‘tkazadi?

Mikel Arteta boshchilik qilayotgan "Arsenal" Jahon chempionati davomida maxsus rejalarni amalga oshiradi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, "to‘pchilar" qishni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazadi. Jamoa APLda so‘nggi o‘yinida "Vulverxempton"ga qarshi chiqadi . Shundan keyin, jamoaga o‘n kun davomida dam olish imkoni taqdim etiladi.
Klub futbolchilarining bir qismi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo‘l oladi. Qolganlari bilan Arteta Dubayga uchadi. Ushbu sayohatning boshlanishi 4 dekabrga mo‘ljallangan. Yaqin Sharqning iliq havosida "Arsenal"ni "Milan" hamda "Lion" klublariga qarshi o‘rtoqlik bahslari kutib turibdi. Xususan, 8 dekabr kuni londonliklar "Lill" bilan kuch sinashadi. Oradan besh kun o‘tib esa, Italiya chempionlari bilan ӯynaydi. Xabarda "Liverpul"ning ham Dubayda bo‘lishi aytilgan. Ammo Klopp jamoasi "Arsenal" bilan to‘qnash kelmaydi. Yuqoridagi ma’lumotlar keyingi haftada rasman e’l-