Get Mystery Box with random crypto!

Portugaliya 2006 yildan buyon ilk bor JCHni g‘alaba bilan bosh | Futbolchilar

Portugaliya 2006 yildan buyon ilk bor JCHni g‘alaba bilan boshladi

Portugaliya terma jamoasi so‘nggi 16 yil ichida ilk bor jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi.
Murabbiy Fernandu Santush jamoasi JCH-2022 guruh bosqichi 1-turida Ganani mag‘lub etdi (3:2).
Bungacha portugallar 2006 yilgi jahon chempionatining ochilish o‘yinida so‘nggi bor g‘alaba qozonishgan - o‘shanda ular Angolani mag‘lub etgan (1:0). O‘sha turnirda Portugaliya yakunda yarim finalga chiqdi va u yerda Fransiyaga mag‘lub bo‘ldi.
Bungacha Portugaliya terma jamoasi jahon chempionati startida yana ikki marta g‘alaba qozongan: 1986 yilda (natija guruhdan chiqmagan) va 1966 yilda (yarim finalga chiqqan).
-