Get Mystery Box with random crypto!

JCH 1-turida eng ko‘p fol Neymarga nisbatan ishlatildi, Gavi i | Futbolchilar

JCH 1-turida eng ko‘p fol Neymarga nisbatan ishlatildi, Gavi ikkinchi...

Braziliyalik hujumchi Neymar JCH-2022 guruh bosqichining 1-turida eng ko‘p qoidabuzarlikka uchragan.
Serbiya terma jamoasi a’zolari "PSJ" sharafini himoya qilayotgan futbolchiga nisbatan 9 ta qoidabuzarlik sodir etgan. Ulardan biri futbolchining o‘ng to‘pig‘iga shikast yetkazgan va 80-daqiqada u almashtirilgan.
Birinchi bo‘limning o‘zida Neymarga nisbatan besh marta qo‘pollik qilindi - Ispaniya termasi yarim himoyachisi Gavi Kosta-Rika bilan o‘yinda butun o‘yin davomida 5 bor qo‘pollikka uchradi.
JCH-2018'da ham Neymarga nisbatan eng ko‘p qoida buzilgan - 5 o‘yinda 26 marta.
-