Get Mystery Box with random crypto!

Osiyoliklar sensasiyasi davom etadimi? (prevyu) | Futbolchilar

Osiyoliklar sensasiyasi davom etadimi? (prevyu)

Urugvay va Janubiy Koreya terma jamoalari jahon chempionatlarida muntazam ishtirok etishadi. Urugvayliklar ikki karra jahon chempionati g‘olibi, yana uch marta uchinchi o‘rinni egallagan. Ular 13 marta jahon chempionatlarida qatnashgan va bor-yo‘g‘i uch marta guruhdan chiqa olmagan.
“Osiyo yo‘lbarslari” saralashdan ozod qilingan 2002 yilni hisobga olmaganda, koreyslar qatorasiga to‘qqizinchi jahon chempionatiga chiqishdi! Ular guruhdan ikki marta - 2002 yilda va 2010 yilda chiqishgan.
Urugvay
1. Tajriba va yoshlikning uyg‘unligi Diyego Alonso jamoasi muvaffaqiyatining kalitidir.
Urugvay terma jamoasi Oskar Tabares ketganidan so‘ng to‘rtta o‘yindan to‘rttasida g‘alaba qozondi va  jahon chempionatiga chiqdi. Jamoada istak va ishtiyoq bor edi, futbolchilar ko‘z o‘ngida umid uchunlari qaytdi. Urugvayliklarning Diyego Alonso kelganidan keyingi harakatlarini tomosha qilish qiziq bo‘ldi. Murabbiy zo‘r strateg va psixolog bo‘l-