Get Mystery Box with random crypto!

Deklan Rays Angliyaning JCH-2022 uchun asosiy o‘yinchilaridan | Futbolchilar

Deklan Rays Angliyaning JCH-2022 uchun asosiy o‘yinchilaridan biri

"Barselona"ning sobiq hujumchisi Serxio Agueroning fikricha, Deklan Rays Angliyaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biridir.
“Men uchun u ajoyib futbolchi va Buskets, Rodri va Kazemiro kabi eng yaxshi yarim himoyachilar bilan bir darajada. U haqida ko‘p gapirilmaydi, lekin Rays o‘zini isbotladi va menimcha, u Angliyaning jahon chempionatidagi eng kuchli o‘yinchilaridan biri", - deya Aguero so‘zlarini keltirgan Sky Sports.
23 yoshli Rays 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun Angliya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan edi. Guruh bosqichining ilk uchrashuvida Garet Sautgeyt shogirdlari Eronga qarshi bahs olib boradi.
-