Get Mystery Box with random crypto!

Oksleyd-CHemberlen sobiq jamoasiga qaytishi mumkin | Futbolchilar

Oksleyd-CHemberlen sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-CHemberlen qishki transfer oynasida "Sautgempton"ga qaytishi mumkin, deya xabar beradi Football Insider.
"Liverpul" doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan 29 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. "Sautgempton" o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarishdan manfaatdor.
Oksleyd-CHemberlenning “qizillar” bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 10 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi "Avliyolar" akademiyasi bitiruvchisi bo‘lib, u yerdan "Arsenal"ga o‘tgan.
-