Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi q | UZEXUZ

Bugun, 10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun

Madhiyamiz 1992 yilda yaratilgan bo‘lib, she’r muallifi Abdulla Oripov, bastakor Mutal Burxonov.
Madhiya — mustaqilligimiz, milliy g‘ururimiz va birdamligimiz ramzi. Uni tinglaganimizda va kuylaganimizda, shu yurtning farzandi ekanimizdan g‘ururlanamiz. Xalqaro maydonda madhiyamiz yangraganda, sportchilarimizning ko‘zlariga beixtiyor sevinch va g‘urur yoshlari keladi.
O‘zbekistonning bugungi tongi ham har doimdagidek shu tarona bilan boshlandi. U yana bir karra bizni Vatanimizni sevishga, uning ozodligi va obodligi uchun mehnat qilishga chorlaydi.

“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ