Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 9-aprel sanasida, Buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Te | Online Maktab | Rasmiy kanal |

Bugun 9-aprel sanasida, Buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘ldi

Amir Temur – tarixda o‘chmas iz qoldirgan, Sharq va G‘arb davlatlari yuksak baholagan dono strateg, dovyurak sarkarda, adolatli davlat arbobi, o‘z xalqiga ozodlik va hurlik nashidasini taqdim etgan Buyuk shaxs bo‘lgan.

Amir Temurning davlat va qo'shin tuzilishidagi islohotlari, hattoki, raqiblari tomonidan ham o‘z davrining buyuk kashfiyotlari sifatida yuksak baholangan.

Temur tuzgan davlatning qudrati, madaniy va maʼnaviy yuksakligi, jahonga mashhur ko‘plab olimlarni yetishib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Bugun Sohibqiron Amir Temur davlatimiz va xalqimiz ardog‘ida!

#AmirTemur
#ITSM
#tarix

71 2020909
itsm.uz I Facebook I Telegram I Instagram I YouTube