Get Mystery Box with random crypto!

“Tashkent siti” jamoasi yurtdoshlarimizni Smolensk shahrida o‘ | O'zDSMI Yoshlar ittifoqi

“Tashkent siti” jamoasi yurtdoshlarimizni Smolensk shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro KVN ittifoqi “Mejdunarodnaya liga” bahslarining finaliga taklif etadi

2021-yilning 22-dekabr kuni Rossiyaning Smolensk shahridagi “Gubernskiy” konsert zalida Xalqaro KVN ittifoqi “Mejdunarodnaya liga” bahslarining final bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoa a’zolaridan iborat “Tashkent siti” jamoasi ham ishtirok etadi.

Mazkur bellashuvga tashrif buyurish istagida bo‘lgan Moskva shahrida yashovchi yurtdoshlarimiz uchun qulaylik yaratish maqsadida Smolensk shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Batafsil ma’lumotni +7(929) 930-38-29 raqami bilan bog‘lanish orqali olishingiz mumkin.

Yurtdoshlarimizni mamnuniyat ila ushbu bellashuvga taklif etib qolamiz. Sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlang va final bosqichidagi madaniy dasturlardan zavq oling.

@yoshlarittifoqi_uz