Get Mystery Box with random crypto!

BIR SHOIR Bir shoir yashaydi ko‘rkam shaharda, Ko‘zlari g‘amgi | O'zDSMI Yoshlar ittifoqi

BIR SHOIR
Bir shoir yashaydi ko‘rkam shaharda,
Ko‘zlari g‘amginroq, so‘zlari latif.
Xayolan suratlar chizar saharlab,
Olamda yo‘q bo‘lgan ranglar ishlatib.

Darsga ketib borar, saqlagancha jon
Satrlar otilar dil degan jardan.
Yozilgan she’rlari va yozilmagan
She’rlari mazmunli - ma’ruzalardan.

Oqargan kastyumin yelkaga ilib,
Kezadi shaharni tushlik kezlari.
Toraygan ko‘ngliga kirar suqilib,
Kamtar onalarning kibor qizlari.

Ohkim, bu kecha ham osmon oysizmi,
Bu tun ham darchaning ko‘zi yoshlandi.
Daraxtlar, uyg‘oning, uyalmaysizmi,
Shoirning ko‘nglida bahor boshlandi.

Yuqoridagi satrlar siz ushbu rolikda ko'rib turgan shoir Humoyun Fattohga tegishli. Kengashimiz tashabbusi bilan nashr etilgan "Cheksiz ijod–cheksiz imkon" to'plamida uning yozganlari ham o'rin olganidan xursandmiz.
23-dekabr, soat 14:00 da Yoshlar ijod saroyida ushbu kitob taqdimoti o'tkaziladi. Taqdimotdan so'ng, eng iste'dodli yosh shoirlar ishtirokida "Yil mushoirasi" o'tkazish ham mo'ljallangan. Barchangizni kutamiz!

@abbosova_mehrinoz