Get Mystery Box with random crypto!

​Ertaga, 8-may kuni, soat 19:00 da O‘zbekiston davlat konserva | UzDK REKTORining rasmiy kanali

​Ertaga, 8-may kuni, soat 19:00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining Sergey Raxmaninov tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan konserti bo‘lib o‘tadi. Jamoaning badiiy rahbari va bosh dirijyori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin Urinbayev boshchiligida buyuk kompozitorning “Simfonik raqslar” va “Fortepiano bilan orkestr uchun 3-konsert” kabi ikkita mashhur asari yangraydi. Yakkaxon sifatida Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Boris Berezovskiy ishtirok etadi.
Moskva davlat konservatoriyasi bitiruvchisi (E.Virsaladze sinfi) Boris Berezovskiy P.I.Chaykovskiy nomidagi IX Xalqaro tanlovning Birinchi mukofoti kabi ko‘plab mukofot va sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Zamonamizning taniqli, yuksak mahoratli pianinochisi Luvr konsert zali, Yelisey maydoni teatri, Albert xoll, Karnegi xoll va boshqa dunyoning nomdor sahnalarida chiqishlar qilgan.

Chiptalarni quyidagi havola orqali xarid qilish mumkin:
https://iticket.uz/ru/events/conservatory/koncert-posvyashyonnyj-150-letiyu-sergeya-rahmaninova-zasluzhennyj-artist-rossii-boris-berezovskij
_
Завтра, 8 мая, в 19:00 в Большом зале Государственной консерватории Узбекистана состоится концерт Государственного симфонического оркестра Узбекистана, посвящённый 150-летию Сергея Рахманинова. Под управлением художественного руководителя и главного дирижёра коллектива, Заслуженного артиста Республики Узбекистан Камолиддина Уринбаева прозвучат два известнейших опуса великого композитора-Симфонические танцы и Концерт для фортепиано с оркестром №3. В качестве солиста выступит Заслуженный артист России Борис Березовский.

Выпускник Московской Государственной консерватории (класс Э. Вирсаладзе) Борис Березовский является лауреатом многочисленных премий и наград, в числе которых Первая премия IX Международного конкурса им. П. И. Чайковского. Будучи одним из крупнейших виртуозов современности, пианист выступал на таких известных площадках мира, как концертный зал Лувра, Театр Елисейских полей, Альберт-холл, Карнеги-холл и многие другие.

Приобрести билеты можно по ссылке:
https://iticket.uz/ru/events/conservatory/koncert-posvyashyonnyj-150-letiyu-sergeya-rahmaninova-zasluzhennyj-artist-rossii-boris-berezovskij