Get Mystery Box with random crypto!

​​2022-yil 29-noyabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston davlat kon | UzDK REKTORining rasmiy kanali

​​2022-yil 29-noyabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zalida Rossiya xalq artisti, skripkachi va dirijyor Maksim Fedotovning mahorat darsi o‘tkaziladi.

Germaniyaning “Frankfurter Rundschau” nashri Maksim Fedotovni “Rus Paganinisi” deb atagan. U skripkachilar o‘rtasidagi katta xalqaro tanlovlar g‘olibi, shuningdek, Paganinining ikkita skripkasida yakka konsert bergan ilk skripkachi hisoblanadi.
Maksim Fedotov “Barbikan xoll” (London), “Simfoni xoll” (Birmingem), “Finlyandiya” (Xelsinki), “Konsertxaus” (Berlin), “Gevandxaus” (Leypsig), “Gastieg” (Myunxen), “Alte Oper” (Frankfurt Mayn), “Auditorium” (Madrid), “Megaro” (Afina), “Musikverein” (Vena), “Santori xoll” (Tokio), “Simfoni xoll” (Osaka), “Verdi Konsert Xoll” (Milan), Kyoln filarmoniyasi, Vena operasi va boshqa ko‘plab jahonning mashhur zallarida chiqishlar qilgan.

Hozirda Maksim Fedotov konsert beradigan skripkachi, simfonik dirijyor va P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasi professori faoliyatlarini bir-biriga uyg‘unlashtirib olib bormoqda.
___
29 ноября в 11:00 в Органном зале Государственной консерватории Узбекистана состоится мастер-класс скрипача и дирижера, Народного артиста России Максима Федотова.

Немецкое издание "Frankfurter Rundschau" назвало Максима Федотова "Русским Паганини". Он является победителем крупнейших международных конкурсов скрипачей, а также первым скрипачом, давшим сольный концерт на двух скрипках Паганини. Выступал в самых известных залах мира: в Барбикан холл (Лондон), «Симфони-холл» (Бирмингем), «Финляндия» (Хельсинки), «Концертхаус» (Берлин), «Гевандхаус» (Лейпциг), «Gastieg» (Мюнхен), «Alte Oper» (Франкфурт-на-Майне), Аудиториум (Мадрид), «Мегаро» (Афины), «Musikverein» (Вена), «Сантори-Холл» (Токио), «Симфони Холл» (Осака), Verdi Concert Hall (Милан), в залах Кельнской филармонии, Венской оперы и многих других.

Сегодня  Максим Федотов органично сочетает деятельность концертирующего скрипача, симфонического дирижера и профессора Московской государственной консерватории им. П.И.Чайковского.