Get Mystery Box with random crypto!

​Aziz yurtdoshlar! Barchamiz uchun eng qadrli va yurtimiz tari | UzDK REKTORining rasmiy kanali

Aziz yurtdoshlar!
Barchamiz uchun eng qadrli va yurtimiz tarixiga zarhal yozuvlar bilan bitilgan Mustaqillik bayrami bilan barchangizni qutlayman! Ushbu ayyom xalqimizning irodasini, birdam, yakdilligini, shonli o'tmishini, istiqlolini aks ettiradi. Aziz yurtimizning jahon hamjamiyatida tutgan o'rni, erishgan va erishayotgan yutuqlari shu o'lkada yashayotgan har bir fuqaroning jonbozligi, harakati, ezgu ishlari bilan bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kunida men sizlarga barcha ezgu niyatlaringizga erishib yurishingizni samimiyat ila tilayman! Hayotingizning har bir lahzasi ma'no-mazmunga ega, quvonch va mehrga to'la bo'lsin! Yurtimizning buyuk hamda yorqin kelajagi yo'lidagi intilishlar sizlarni yangi marralarni zabt etishga va buyuk ishlarni amalga oshirishga chorlasin! Xonadoningizda baxt-saodat, tinchlik-osoyishtalik, mehr-muhabbat hukmron bo'lsin!
_______________

Дорогие соотечественники!
День Независимости объединяет всех, кто чтит историю своей родины и верит в её светлое будущее. Этот праздник является воплощением величия духа народа, символом единства.
Как множество ручейков сливаются в могучую реку, так и успехи нашего государства состоят из достижений каждого неравнодушного гражданина. И в этот знаменательный день Независимости Республики Узбекистан я со всем сердечным теплом хочу пожелать вам достижения всех достойных целей. Чтобы каждый день вашей жизни был наполнен смыслом, радостью и теплом, а мысли о счастливом будущем нашей страны вдохновляли вас на новые свершения и добрые дела.
Пусть в нашем общем доме царят мир и согласие!