Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar diqqatiga! Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi Oʼzb | UzDK REKTORining rasmiy kanali

Talabalar diqqatiga!
Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi, Аlisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari mezonlariga toʼgʼri keladigan talabgorlarning tegishli hujjatlarini qabul qilayotganini eʼlon qiladi!

Nomzodlar quyidagi mezonlarni bajarishi shart:
-aʼlo oʼqish va ilmiy-ijodiy ishlarda faol ishtirok etish;
-Xalqaro va Respublika miqyosida chop etilgan Ilmiy maqolalar va konferentsiya tezislari ilmiy ishlari mavjudligi;
-yoʼnalishlar boʼyicha Xalqaro va respublika tanlovlarida qatnashish;
-umumtaʼlim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uygʼunlashtirish;
-kamida ikkita eʼlon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
-tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari);
-Oʼzbekiston tarixini bilish.

Nomzodlar ishini koʼrib chiqish uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:
-sinov daftarchasidan koʼchirma;
Xalqaro va respublika tanlov (konferentsiya)larining diplomlari (sertifikatlari) nusxalari;
-kontsertlarning afishalari va videoyozuvlari;
dekanat, kafedra tavsiyanomalari;
-ilmiy-ijodiy ishlar roʼyxati va ularning bosma nusxalari (musiqashunoslar uchun).
Barcha hujjatlar qogʼoz va elektron variantda 2022 yil 30 iyulgacha qabul qilinadi va Maxsus komissiya tomonidan koʼrib chiqiladi.

Qoʼshimcha maʼlumotlar boʼyicha @MuhamedovaFN_UzDK telegram-messendjeriga murojaat qilishingiz mumkin.
___

Вниманию студентов!
Объявляется приём документов на Государственные стипендии Президента Республики Узбекистан, Государственные стипендии имени А.Навои и И.Каримова.

Для претендентов устанавливается выполнение следующих критериев:
-отличная учеба и участие в научной (творческой) работе;
сочетание общеобразовательной подготовки и научно-исследовательской (творческой) работы;
-публикация научных статей в Международных и Республиканских журналах;
-участие в Международных и Республиканских конференциях (конкурсах) по направлениям;
-активное участие в общественных работах Государственной консерватории Узбекистана;
-знание языков — государственного и одного иностранного (кроме государственных языков стран Содружества Независимых Государств);
-знание истории Узбекистана.

Для рассмотрения претенденты представляют нижеперечисленные документы:
-выписка из зачетной книжки;
-копии дипломов (сертификатов) Международных и республиканских конкурсов (конференций);
-афиши и видеозаписи концертов;
-рекомендации деканата, кафедры;
-список научных работ и их оттиски (музыковедам).

Все документы принимаются в бумажном и электронном варианте до 30 июля, после чего они будут тщательно рассмотрены Специальной комиссией.

За дополнительной информацией просим обращаться по телеграм-мессенджеру @MuhamedovaFN_UzDK.