Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqig | UzDJTU_KONTRAKT Admin

Talabalar to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega!

Soliq chegirmasini olish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

o‘z mablag‘lari;

jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;

yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).

To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;

bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.

Manba: Soliq Kodeksi 378 - modda. 16 - bandi.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL