Get Mystery Box with random crypto!

MAGISTRATURAGA QO'SHIMCHA QABUL BO'YICHA TUSHUNTIRISH Oliy va | UzDJTU_KONTRAKT Admin

MAGISTRATURAGA QO'SHIMCHA QABUL BO'YICHA TUSHUNTIRISH

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan magistratura uchun qo'shimcha qabul jarayonlari bo'yicha e'lon berildi. Unga ko'ra, mutaxasislik fanidan 40,0 balldan yuqori bo'lgan talabalar qo'shimcha kvota asosida tahsil olishiga ruxsat berilgani aytilgan.

BIROQ, bu degani Oliy ta'lim muassasalari mutaxasislik fanidan 40,0 balldan yurori to'plagan barcha talabgorlarni qabul qiladi degani emas Oliygoh o'zining moddiy-texnik bazasi, sharoiti qarab qancha qo'shimcha talaba olishini mustaqil hal qiladi. Xoxlasa 2, 5, 10 yoki 20 talab olishi yoki umuman qabul qilmasligi ham mumkin.

Bu oliygohning sharoitidan kelib chiqib amalga oshadi. Yagona sharti mutaxasislik fanidan yiqilgan talabalarning ketma-ketligiga qat'iy amal qilinadi.

Che tili imtihonlarida qatnashmagan talabalar DTM saytida mandatida ballari "qiymatlanmaganligi" sababli qo'shimcha kvota asosida qabul qilinmasligi mumkin.

Muallif: @Talimgaoid

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL