Get Mystery Box with random crypto!

UzDevid | Uzbekistan Developer Ibragimov Diyorbek

Telegram kanalining logotibi uzdevid — UzDevid | Uzbekistan Developer Ibragimov Diyorbek U
Telegram kanalining logotibi uzdevid — UzDevid | Uzbekistan Developer Ibragimov Diyorbek
Kanal manzili: @uzdevid
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 268
Kanalning ta’rifi

Dasturlash - bu nafaqat mening kasbim, balki bu mening yoqtirgan mashg'ulotim. Men uchun doimiy o'rganish va rivojlanish manbai.

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 4

2022-07-15 21:33:08
Hayri kech!

Do'stlar, yaqin kunlarda Web yo'nalishida javascript dasturlash tili boyicha video kurs tayyorlab youtube kanalimizga joylamoqchimiz.

Web yo'nalishida yangilar HTML & CSS tillarini o'rganishingizni maslahat beramiz.

Kanalimizda HTML va CSS ga oid ko'p darslar bor, lekin videolarning sifati yaxshi emasligi uchun boshqa manbalarni ko'proq tavsiya etgan bo'lar edim...

Javascript darslari tez kunda tayyorlanadi, bizdan uzoqlashmang, do'stlaringizni taklif qiling.
142 viewsedited  18:33
Ochish/sharhlash
2022-07-15 17:25:50
#project #bot #calcltr

Assalomu alaykum.

Kechagi kuni hamkasbim bir misol yubordi, oddiy matematik misol, lekin dasturchi dangasa bo'ladi degan gap rost ekan, kalkulyatorga kirishga erindim. Va shu zahoti yangi loyiha uchun g'oya tug'uldi.

Hamkasbim bilan biroz maslahatlashdik keyin esa qiziqarli va foydali bo'lgan telegram uchun kalkulyator bot ishlab chiqdik.

Hohlagan chatda @calcltr_bot kiriting, keyin esa, misolni yozing.

Misol uchun:
1. @calcltr_bot sin(30)+cos(60)
2. @calcltr_bot 75+91/13

Izohlaringizni kutamiz!
109 viewsedited  14:25
Ochish/sharhlash
2022-07-15 04:30:15

Кўзларингиз бўлганида нам,
Хира тортса бу ёруғ олам.
Омад сиздан юз угурса хам,
Фақат Aллох қолар сиз билан.

Бўлса хамки орзулар армон,
Севганингиз қолдирса хайрон.
Тақдир сизни этса саргардон,
Фақат Aллох қолар сиз билан.

Қувонч сизни айланиб ўтса,
Остонада ғамгинлик кутса.
Ишонганиз кўл силтаб кетса,
Фақат Aллох қолар сиз билан.

Бошингизга тушганда ташвиш,
Қалбингиз хам тортганда хомуш.
Хаёллар хам бўлиб қолса туш,
Фақат Аллох қолар сиз билан



@mitti_bulutcham
129 views01:30
Ochish/sharhlash
2022-07-15 04:22:44
وَلَا تَهِنُوا وَلَا تَحْزَنُوا وَأَنتُمُ الْأَعْلَوْنَ إِن كُنتُم
مُّؤْمِنِينَ

Bo‘shashmanglar! Mahzun bo‘lmanglar! Sizlar ustunsizlar! Agar siz! mo‘min bo‘lsangiz!

Oli Imron surasi, 139-oyat
137 views01:22
Ochish/sharhlash
2022-07-15 04:15:09
208 views01:15
Ochish/sharhlash
2022-07-14 08:43:55
#info #agora #videocall #voicecall

Veb sayt yoki ilovada video va ovozli chat.

Assalomu alaykum!

Agora.io – Sizga video va/yoki ovozli chat qilishingiz uchun ko'plab imkoniyatlarni beruvchi platforma.

Info: Har oy 10.000 daqiqa bepul foydalanishingiz mumkin. Narxlarini saytning pricing bo'limidan ko'rishingiz mumkin.
158 viewsedited  05:43
Ochish/sharhlash
2022-07-12 20:10:19 Dasturlash – zamonaviy kasb bo'lganidek juda qiziq kasb. Dasturlash orqali minimal harakat bilan maksimal darajadagi mahsulot ishlab chiqish mumkin.

Ha, albatta, har bir loyiha ortida kutilgan va kutilmagan qiyinchiliklar turadi. Qaysidir masalani yechishga tajriba, ba'zan esa ma'lumotlar kamlik qiladi.

Biz dasturlashga to birinchi qadamimizni qo'yganimizdan buyon, boshqa dasturchilar uchun o'zimiz yechgan masalani namuna sifatida ulashishga, dasturlashga endi kirib kelgan va kirmoqchi bo'lgan do'stlarimiz uchun o'z tajribamizni ulashishga niyat qildik.

Do'stlar, Sizlarni biz qilgan va kelajakda qiladigan ishlarimizga baho berishingiz, o'z tajribangizdan kelib chiqib bizga to'g'riroq yechimlar ko'rsatishingiz, foydali bo'lsa biz ishlab chiqgan mahsulotlardan foydalanishingiz uchun Sizni o'z kanalimizga taklif qilamiz.

Hurmat bilan Ibragimov Diyorbek.

Qaniydi, biz ulashgan ma'lumotlar kimgadir zarrachalik foyda bersa-yu, shu inson ishlab chiqqan mahsulot butun xalqga foydasi tegsa!

@uzdevid
1.4K views17:10
Ochish/sharhlash
2022-07-12 10:51:54 Saytda video chat qilish uchun ham kengaytma tayyorlangan. Foydalanish yo'riqnomasini yozib, tez orada kanalga joylamiz!

Kanalga do'stlaringizni taklif eting. Biz qilgan kichik qulayliklar haqida ular ham habardor bo'lishsin
416 views07:51
Ochish/sharhlash
2022-07-12 10:48:34
#info #test #project

Do'stlar! Yaqinda yangi loyiha ishlab chiqdik. Loyihaning mazmuni maslahatchi (konsultant) va foydalanuvchini "online" uchrashtirish. Uchrashuv online video chat ko'rinishida amalga oshiriladi.

https://consultme.uz/uz — marhamat, ro'yhatdan o'tib, foydalanib ko'rishingiz mumkin. Kim konsultant, kim esa foydalanuvchi bo'lishini kanalimizning chat-da muhokama qilishingiz mumkin.

Ha aytganchi! Konsultatsiyalar pullik o'tkaziladi. Lekin hozirgi holatda loyiha tekshirish (test) jarayonida bo'lganligi uchun ro'yhatdan o'tganingizdan so'ng har bir foydalanuvchiga 1.000.000 so'mdan beriladi. Bu mablag' faqat platformaning ichida ishlaydi!

Loyiha to'liq tugatildi deyolmaymiz, ammo asosiy imkoniyatlarni hammasi ishlaydi.

Ishlatish davomida yuzaga kelgan hatoliklarni, tushunmay qolgan vaziyatlarni izohlarda kutamiz. Raxmat!
381 viewsedited  07:48
Ochish/sharhlash
2022-07-12 10:03:22
#php #yii2 #extension #telegrambot

Telegram bot yaratish uchun qulaylashtirilgan kengaytma.

Assalomu alaykum!

Telegram bot yaratishingiz uchun composer orqali kengaytmani o'rnating.

composer require uzdevid/yii2-telegrambot "dev-main"

Foydalanish yo'riqnomasini, class-lar va misolda keltirilgan kod-larni kengaytmaning github sahifasidan olishingiz.

Eslatma: Ushbu kengaytma biz qilgan loyihalar talablariga mos qilib ishlangan. Shu sababli barcha talablarga moslashtirilmagan bo'lishi mumkin.

Qanday qo'shimchalar qo'shish haqida izohlaringizni kutib qolamiz! Raxmat.
301 views07:03
Ochish/sharhlash