Get Mystery Box with random crypto!

#Karantin_yangilik Hududlarda bahorgi agrotexnik tadbirlar | O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

#Karantin_yangilik

Hududlarda bahorgi agrotexnik tadbirlar bo‘yicha seminarlar davom etmoqda.

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida bog‘dorchilik va sabzavot yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Asosiy mavzu - meva va sabzavot yetishtirishda o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya dasturi (IPM) borasida tavsiya va samarali xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashish. Ma’lumot o‘rnida qayd etish o‘rinli, IPM dasturiga asosan organik mahsulot yetishtirish hajmini oshirish, o‘simliklarning zararli organizmlariga qarshi tabiatga ziyon yetkazmagan holda samarali kurash olib borish va shu orqali foydali biofonni saqlash imkoniyati ortadi.

Har bir o‘simlik turining o‘ziga hos jihatlariga inobatga olgan holda IPM dasturi asosidagi agrotexnik tadbirlar belgilanadi. Bugungi kunda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan 19 turdagi asosiy meva-sabzavotlarni uyg‘unlashgan himoya bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tavsiyalar to‘plami maxsus flayerlarda umumlashtirilib, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun ixcham va sodda ko‘rinishga keltirilgan. Seminar ishtirokchilariga ushbu flayerlar tarqatilib, bugungi kunda bog‘ va dalalarda keng uchraydigan kasallik turlari bo‘yicha kurash choralarini olib borishda tavsiyalar berildi.

karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube